An edition of PORTLOVCHI MODDALARNING DETONATSIYALANISHIDA TO‘LQINLAR HAMDA BOSIM FAZASI VA ULARNING AHAMIYATI
PORTLOVCHI MODDALARNING DETONATSIYALANISHIDA TO‘LQINLAR HAMDA BOSIM FAZASI VA ULARNING AHAMIYATI
by Hayitov Odiljon Gʻofurovich, Gulmurodov Javohir Nuriddin o‘g‘li, Karamov Alisher Nazarbaevich
on October 6th, 2025 | History
4.5 (2 ratings)
0
0
0
4.5
Tog‘ jinslarini
burg‘ilab portlatish yo‘li bilan ajratib olish (maydalash) eng optimal
usullardan hisoblanadi bunda portlovchi modda energiyasi uning zarba to‘lqini
kuchi va skvajina devorlariga bo‘lgan bosimi tog‘ jinsining maydalanish
darajasini belgilovchi asosiy omillardan sanaladi. Portlovchi modda va portlash
jarayonini analitik ravishta o‘rganish uni chuqur talqin qilish yuqorida sanab
o‘tilgan portlovchi moddaning fizik – mexanik xususiyatlarini yanada
optimallashtirish usullarini yoki mavjud usullardan yanada kengroq va unumliroq
foydalanishga yordam beradi. Ushbu holatda portlashda yuzaga keladigan
to‘lqinlar va ularning ahamiyatini o‘rganish va kengroq tadbiq qilish muhum
omillardan sanaladi. Portlash jarayoni fizik va kimyoviy jihatdan murakkab
jarayon hisoblanadi, portlashda tog‘ jinslarini maydalovchi dinamik va
termodinamik kuchlarning dastlab to‘lqinlar shaklida namoyon bo‘lishi so‘ngra
esa bosim profillarini shakillantirgani sababli ularni o‘rganish portlash
jarayonining asosiy mohiyati sanaladi.
Publish Date
2025
Publisher
Unknown
Language
Uzbek
PPI
300
Previews available in: Uzbek
Subjects: Portlovchi modda, detonatsiyalanish, zarba to‘lqini, C – J chegarasi, kimyoviy reaksiya chegarasi, ZND, tovush tezligi nuqtasi, to‘lqin fronti.